Diyora Usmonova yetti yoshli o‘g‘liga Mersedes-Benz avtomobilini sovg‘a qildi

eʼlon qilindi
Bunday avtomashina faqat buyurtma asosida sotiladi
Rasm: ixbt.com

Tadbirkor ayol va Alisher Usmonov jiyanining sobiq xotini Diyora Usmonova yetti yasharlik o‘g‘liga Mersedes-Benz avtomobilini sovg‘a qildi.

«Vslux news» Telegram kanali xabariga ko‘ra, bunday avtomobilning narxi $100 mingga baholanmoqda.

Aytish joizki, bunday avtomashina faqat buyurtma asosida sotiladi va ochiq savdoda mavjud emas.

Video: Diyora Usmonova Instagram sahifasi

Avvalroq «Kursiv» rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov 2023-yil uchun dividendlar daromadi bo‘yicha Rossiyaning eng boy odamlari reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek