«Ipak Yo‘li» banki foydasi 60% ga oshdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
II chorak holatiga ko‘ra
«Ipak Yo‘li» banki 2024-yil II choragida 445,9 mlrd so‘m sof foyda oldi. Bu haqda bankning veb-saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu sof foyda o‘tgan yilgi mos davrga nisbatan 60,2% ga ko‘p hisoblanadi. Bankning umumiy daromadi esa 2,7 trln so‘mni tashkil etib, 91,6% ga oshgan.
«Ipak Yo‘li» banki kredit portfeli 13 trln so‘mni (1-iyul holatiga ko‘ra) tashkil qildi. Bankning muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2,8% dan 1,4% ga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bankning birinchi chorakdagi sof foydasi haqida yozgan edik.