Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishni taklif qildi
Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishni taklif qildi. Bu haqda Reuters Isroil TIVga tayanib xabar bermoqda.
Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Katz 29-iyul kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Turkiya Liviya va Togʻli Qorabogʻga kirib kelgani kabi Isroilga ham hujum qilishi mumkinligi haqida gapirganidan soʻng, NATOni Turkiyani tashkilotdan chiqarib yuborishga chaqirdi.
«Turkiya prezidenti Erdoʻgʻonning Isroilga bostirib kirish tahdidi va uning xavfli ritorikasidan kelib chiqqan holda Tashqi ishlar vaziri Israel Katz diplomatlarga NATOning barcha aʼzolari bilan zudlik bilan hamkorlik qilishga koʻrsatma berdi. Turkiyani qoralashga chaqirdi va uni mintaqaviy ittifoqdan chiqarib yuborishni talab qildi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq Turkiya prezidenti mamlakat Isroilga qoʻshin kiritishi mumkinligi haqida gapirgan edi.