«Knauf» bozorda 40 % ulushga egaligi aniqlandi
eʼlon qilindi
Gipsokarton ishlab chiqarish va oldi-sotdi bozori tahlil qilindi
Raqobat qo‘mitasi «Knauf»ni gipsokarton bozorida ustun, deb topdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Gipsokarton bozorida o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, «Knauf Gips Buxoro» MCHJ gipsokarton bozorida 40 % dan ortiq ulushga ega ekanligi aniqlandi.
Buni hisobga olib, qo‘mita «Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasiga binoan «Knauf» ni ustun mavqega ega deb hisobladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qoʻmitasi «Orient Finans bank»ni jarimaga tortgani haqida xabar bergan edik.