
Raqobat qo‘mitasi «Knauf»ni gipsokarton bozorida ustun, deb topdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Gipsokarton bozorida o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, «Knauf Gips Buxoro» MCHJ gipsokarton bozorida 40 % dan ortiq ulushga ega ekanligi aniqlandi.
Buni hisobga olib, qo‘mita «Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasiga binoan «Knauf» ni ustun mavqega ega deb hisobladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qoʻmitasi «Orient Finans bank»ni jarimaga tortgani haqida xabar bergan edik.