2024-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy bankining (O‘zmilliybank) sof foydasi 944,9 milliard so‘mga yetdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 248,7 milliard so‘mga kamaygan.
Bu davrda bankning o‘z kapitali 5,7 foizga oshib, 18,6 trln so‘mni, aktivlar esa 11,5 foizga oshib, 130,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekiston yirik banklarining 2024-yil ikkinchi choragi uchun reytingida Milliy bank 17 ta bank ichida 12-oʻrinni egallagan.
Avvalroq «Kursiv» Milliy bank London fond birjasiga 400 million dollarlik obligatsiyalarni joylashtirgani haqida yozgan edi.