Yangiliklar

Oʻzbekistonda Tojikistonning yigirmadan ortiq fuqarolari narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar uchun qoʻlga olindi

Rossiya Federatsiyasida 500 dan ortiq shaxslar qo‘lga olingan
Foto: Piqsels

2024-yilning dastlabki olti oyi davomida Oʻzbekistonda narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarda gumonlanib, 23 nafar Tojikiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda ushbu mamlakat prezidenti huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish agentligi direktori Zafar Samad ma’lum qildi.

«Qoʻlga olinganlarning eng koʻp soni Rossiya Federatsiyasida qayd etilgan – 502 kishi, Oʻzbekiston Respublikasida 23 nafar, Qozogʻiston Respublikasida uch nafar», deya Samadning soʻzlarini keltiradi TASS axborot agentligi.

Umumiy hisobda 2024-yilning yanvar – iyun oylarida 528 nafar Tojikiston fuqarosi narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar uchun xorijda qoʻlga olingan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 82 kishiga kam. Qoʻlga olinganlardan jami 96 kg narkotik moddalar olib qoʻyildi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda 2,15 tonna narkotik yoqib yuborilgani haqida xabar bergan edi.