Yangiliklar

Oʻzbekistonlik sportchi Anna Prakaten yarim finalga yoʻl oldi

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xabar berdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Anna Prakaten Olimpiya oʻyinlarida yarim finalga yoʻl oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) xabar berdi.

Oʻzbekistonlik sportchi chorak final startida oʻz guruhida 2-boʻlib marraga yetib keldi. Bu natija orqali u 1-avgust kuniga belgilangan yarim final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl oldi.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 30-iyul kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi Olimpiadada 4 ta sport turi boʻyicha ishtirok etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonlik bokschi Ruslan Abdullayev chorak finalga yoʻl olgani haqida xabar bergan edi.