«Parij – 2024». 30-iyul kuni oʻzbekistonliklar qaysi sport turlarida ishtirok etadi

eʼlon qilindi
4 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi
Foto: Unsplash

30-iyul kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi Olimpiada oʻyinlarida akademik eshkak eshish, boks, dzyudo va futbol dasturlarida ishtirok etishadi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) xabar berdi.

Unga koʻra, akademik eshkak eshish boʻyicha Anna Prakaten Oʻzbekiston delegatsiyasining 30-iyul kungi ishtirokini boshlab beradi.

Akademik eshkak eshish

Anna Prakaten – 12:30

Dzyudo

Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) — 13:00

Boks

Sitora Turdibekova (-57 kg) — 16:08

Nigina Oʻktamova (-54 kg) — 19:50

Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) — 23:15

Toʻrabek Xabibullayev (-80 kg) — 00:05

Futbol

Oʻzbekiston — Dominikan Respublikasi

Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik bokschi Ruslan Abdullayev chorak finalga yoʻl olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek