Hali uylanmagan va yolg‘izlikni tanlagan Telegram asoschisi 100 dan ortiq biologik farzandlari borligini aytdi. Bu haqda Pavel Durov o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi.
«2024-yilda mening donor materialim 12 mamlakatdagi yuzdan ortiq oilalarga farzandli bo‘lishga yordam berdi», dedi biznesmen.
Durov aytishicha, 15 yil avval do‘sti unga g‘alati iltimos bilan kelgan edi. U turmush o‘rtog‘i bilan farzand ko‘ra olmasligini aytib, farzandli bo‘lishlari uchun donor bo‘lishini so‘ragan edi.
Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, u biologik farzandlarining bir-birini topishi osonroq bo‘lishi uchun DNK ma’lumotlarini hammaga ochishni rejalashtirgan.
Avvalroq «Kursiv» Durov O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edi. Tashrifi chog‘ida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarini ko‘zdan kechirgan edi.