Yangiliklar

«Uzbekistan Airports» xalqaro aeroportdagi biznes-zal uchun ijarachi izlamoqda

Boshlang‘ich narx 1 kv,m uchun 880 ming so‘m
Foto: T.me/uzbairportsuz

Toshkent xalqaro aeroportdagi zal ijaraga berish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Savdoga qo‘yilgan zal xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminalidagi «steril» hududi bo‘lib, 427 kv.m maydonga ega. Zal hamma kommunikatsiyalar bilan jihozlangan. Doira shaklidagi balkonni yig‘ish uchun tayanchlar ham mavjud. Zal interyeri va ta’mirida qilinishi lozim bo‘lgan tayyor dizayn loyihasi taqdim etiladi.

Ijara uchun boshlang‘ich narx 1 kv.mga 880 ming so‘m miqdorida belgilangan.

Shuningdek, texnik topshiriqqa binoan, ijara to‘lovidan tashqari zalda xizmat ko‘rsatilgan har bir yo‘lovchi uchun AJ hisobiga yilning har choragida 39 ming so‘m o‘tkazib boriladi.

Shartnoma tuzish uchun yillik ijara to‘lovi miqdoridagi avans to‘lash talab qilinadi. Munosib ijarachi bilan (to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng) 5 yilga shartnoma tuziladi.

Kimoshdi savdosi qoidalariga ko‘ra, dastlabki yillik summalar savdo vaqtida kamida 10% ga oshishi mumkin.

Kimoshdi savdosi 2024-yil 12-avgustda o‘tkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent aeroportida yuk terminali qurilishi haqida yozgan edi.