Xitoylik investor Yangiyo‘lda elektroskuterlar ishlab chiqaruvchi zavod ochishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Loyihaga kiritilgan investitsiyalar $10 millionga baholanmoqda
Rasm: Drinkins+/Depositphotos.com

Yangiyo‘l tumani hokimligi xitoylik investor bilan elektroskuterlar yig‘uvchi korxona tashkil etish bo‘yicha memorandum imzoladi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Korxonani 2025-yilning aprel-iyun oylarida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2024-yilning birinchi choragida 107 trln soʻmlik investitsiyalar jalb qilingan. Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish bo‘yicha yetakchiga aylandi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning iyul oyida Xitoyning Da Fu kompaniyasi ko‘magida Yangiyo‘lda metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish zavodi ochilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek