Yangiliklar

31-iyul kuni respublikaning aksariyat hududlarida havo +40 daraja issiq bo‘ladi

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi tog‘larida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 31- iyul kuni O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘maydi, aksincha quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 41 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 40- darajagacha ko‘tarilishi mumkin, kechasi esa 25 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi tog‘larida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi 33-daraja isishi mumkin, kechasi 21-daraja iliq bo‘ladi.