Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyni chetlab o‘tib, Markaziy Osiyodan jahon bozorlariga tovarlar yetkazib berishning yangi quruqlik yo‘lini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O’Brayen Senat tashqi aloqalar qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, Markaziy Osiyo katta resurslarga ega, ammo hozirda bu mamlakatlarda xalqaro bozorlarga chiqishning faqat ikkita yo‘li bor – Rossiya va Xitoy orqali.
Ozarbayjon va Armaniston orqali yangi yo‘nalishning ochilishi bu mamlakatlarga jahon bozorlariga chiqish hamda Rossiya va Xitoyga qaramligini kamaytirish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar – iyun oylarida dunyoning 186 ta davlati bilan savdo aloqalarini oʻrnatgan edi.