Bozordagi vaziyat: oltin va kumush narxi oshib bormoqda
Trading economics portali maʼlumotlariga koʻra, xalqaro bozorlarda soʻnggi 24 soat ichida oltin ham, kumush ham narxi oshdi.
Shunday qilib, oltin narxi 31-iyul ertalabki holatiga koʻra 0,27 foizga oshib, bir unsiya uchun $2,4 mingni tashkil qildi. Shu bilan birga, bir kun avval bozor ishtirokchilari dunyoning eng yirik markaziy banklarining boʻlajak qarorlariga tayyorgarlik koʻrayotgani sababli, qimmatbaho metallning narxi pasaygan edi.
Kumush narxi 0,84 foizga oshib, unsiya uchun $28 tashkil qildi. Ushbu qimmatbaho metallning narx holatiga pul-kredit siyosatidagi oʻzgarishlar boʻyicha investorlarning kutishlari ham taʼsir qiladi.
Birjalarda Microsoft (-3,68 foizg), Tesla (-2,86 foizga), Nvidia (-2,23 foizga) kompaniyalari aksiyalari pasaymoqda. JPMorgan (+2,04 foizga) va Apple (+0,31 foizga) oʻsmoqda.
«Kursiv» bir kun avval, 30-iyul kuni bozorlardagi vaziyat haqida yozgan edi.