Yangiliklar

«Chernogolovka» va «Bruni» shokoladli keks Raqobat qo‘mitasi tekshurividan o‘ta olmadi

To‘qqizta mahsulotning sakkiztasi amaldagi texnik standartlarga javob bermaydi
Rasm: Raqobat Qo‘mitasi

Raqobat  qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tekshiruvdan «Bruni» shokoladli keks mahsuloti, «Bio Kefir» «Chernogolovka» gazlangan ichimlik, va boshqa oziq-ovqat mahsulotlar laboratoriyalarda sinovdan o‘ta olmadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Sinov natijalari shuni ko’rsatdiki, to‘qqizta mahsulotning sakkiztasi amaldagi texnik standartlarga javob bermaydi. Ular orasida «Sellatilgan mol go‘shti-oliy nav» (tushenka), «Qand» shakar rafinadi, «Urussa» kungaboqar yog‘i, «Kunjutnoye maslo» , «Sedana yogʻi» mahsulotlari.

Qo‘mita aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sifatsiz mahsulotlar savdosiga chek qo‘yish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.

Avvalroq «Kursiv» Raqobat qoʻmitasi «Orient Finans bank»ni jarimaga tortganini e’lon qilgan edi.