BYD kompaniyasining bozor qiymati qancha

Keptning 2024-yilning birinchi yarmidagi sharhiga koʻra, BYD elektr avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida bozor qiymati boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinni egalladi. Kompaniya $89 mlrdga baholangan.
Katta farq bilan birinchi oʻrinda Ilon Maskning Tesla kompaniyasi. Uning bozor qiymati $629 mlrdni tashkil qiladi.
Ikkala elektromobil ishlab chiqaruvchisi uchun EBITDA rentabelliki bir xil – 13 foizdan.
Yuqori EV/EBITDA ham Tesla aksiyalari haddan tashqari baholanganini, ham investorlarning kompaniya kelajagiga umidlari katta ekanini ko‘rsatishi mumkin.
Eng qimmat kompaniyalar beshligiga American Rivian Automotive ($12,4 mlrd) va ikkita Xitoy tashkilotlari kiradi: NIO ($9,8 mlrd) va Li Auto ($9,3 mlrd).
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning soʻnggi choragida BYD savdo hajmi boʻyicha Teslaʼni ortda qoldirdi va dunyoda birinchi oʻrinni egallagan edi.
Avvalroq «Kursiv» Toyota Motors 2024-yilning birinchi olti oyida dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylangani haqida yozgan edi.