Dollar biroz qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Uning narxi 3 so‘mga ko‘tarildi
Фото: Jan Vašek / Pixabay

31-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 3,07 so‘mga ko‘tarildi va 12 544,11 so‘mni tashkil qildi.

Respublika hududidagi tijorat moliya institutlari dollarni 12 480 – 12 545 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 580 – 12 600 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 30-iyul kuni AQSh valyutasining o‘rtacha narxi 33,34 so‘mga pasayib, 12 541,04 so‘mni tashkil etgan edi.

Shuningdek