Yangiliklar

Elektr energiyasi to‘lovlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin

To‘lov qila olmagan iste’molchilar tarmoqdan uzilmaydi
Foto: T.me/hetmuloqot

«Hududiy elektr tarmoqlari» yangi «Het Billing» dasturi joriy etayotgani sababli 2024-yil 31-iyul soat 23:50 dan 5-avgust soat 22:00 gacha to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu kunlarda profilaktika ishlari olib boriladi. Shuningdek, ushbu vaziyatda elektr energiyasi iste’molchilariga qulaylik hosil qilish uchun yuqoridagi muddat ichida qarzdor iste’molchi avtomatik ravishda tarmoqdan uzib qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilangani haqida xabar bergan edik.