Odil Poʻlatov «Hayot bank» AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda «Kursiv»ga bank axborot xizmati ma’lum qildi.
Tayinlovga qadar Poʻlatov 2023-yilning may oyidan beri mazkur bankda boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2024-yil mart oyidan bo‘lsa, bank boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Odil Poʻlatov 1991-yil tugʻilgan. 2011-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2011 – 2020-yillarda “Kapitalbank» ATB tizimida turli lavozimlarda, xususan, departament direktori hamda filial boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.
Maʻlumot uchun, «Hayot bank» 2022-yil 31-avgustda Markaziy bank tomonidan dastlabki litsensiyani olgan.
Avvalroq “Kursiv» Oʻzbekiston banklarining yangilangan reytingi haqida xabar bergan edi.