IT Park endi Qashqadaryoning Koʻkdala tumanida

eʼlon qilindi
Tuman hokimi bilan hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda
Foto: It-park.uz

Qashqadaryo viloyatidagi Koʻkdala tumanida IT Park filiali foydalanishga topshirildi. Bu haqda IT Parkning matbuot xizmatida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, IT Park 5072 kv.m umumiy maydonga ega uch qavatli binoda o‘rnashadi. Koʻkdala tumani 2022-yilda prezident tashabbusi bilan tashkil qilingan. Ayni vaqtda tuman 180 mingdan ortiq aholiga ega. Tumanning iqtisodiy salohiyatni yaxshilash va bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish uchun IT Park Uzbekistan o‘z faoliyatini boshlab yubordi.

IT Park rezidentlari ko‘plab qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ular to‘liq jihozlangan ofisda joylashishlari, parkning har bir qavatidagi kovorking-zonalaridan ham  ishlash uchun imkoniyatlar yaratilgan.  

Shuningdek, IT Park sifatli IT-taʼlim va xorijiy tillarini oʻrgatishni kafolatlamoqda. Bu orqali tuman yoshlari o‘z hududidagi chet el kompaniyalarida ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Shu maqsadda «MAAB Innovation» — IT kompaniyasi ko‘magida «MAAB» ijtimoiy loyihasi ham amaliyotga joriy qilinadi. Bu orqali mahalliy yoshlar IT yoʻnalishlarida oʻqitiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek