Kamonchi Amirxon Sodiqov Parij bilan xayrlashdi
eʼlon qilindi
italiyalik Mauro Nespoliga 4:6 hisobida o‘yinni boy berdi
O‘zbekistonlik Amirxon Sodiqov kamondan otish bo‘yicha Parij Olimpiya o‘yinlarida nimchorak finalida italiyalik Mauro Nespoliga 4:6 hisobida o‘yinni boy berdi.
Birinchi davrada kamonchimiz Argentina vakili Damian Jarabilla ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Guruh bosqichida 13-o‘rinni egallab Amirxon 674 ochko jamlab pley-offga chiqqandi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlaridagi natijalarini e’lon qilgan edi.