Markaziy bank «Payment System Platform» toʻlov tashkilotining litsenziyasini bekor qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Markaziy bank «Payment System Platform» toʻlov tashkilotining litsenziyasini bekor qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilishishicha, bunga qonunchilikda belgilangan savdo va xizmat koʻrsatilishi taʼqiqlangan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga sharoitlar yaratganligi sabab boʻlgan.

«Payment System Platform» aksiyadorlik jamiyatining toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olindi va toʻlov tashkilotlari reyestridan chiqarildi”, deyiladi regulyator xabarida.

«Kursiv» muxbiri kompaniya litsenziyasining bekor boʻlishiga aynan nima sabab boʻlganini aniqlash maqsadida Markaziy bank va «Payment System Platform» bogʻlandi.

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, bunga aynan nima sabab boʻlgani aytilmaydi. «Kursiv» bilan suhbatda boʻlgan kompaniya vakili bunga nima sabab boʻlganligini oʻzi ham bilmasligini ta’kidladi.

Yagona davlat reyestri maʼlumotlariga koʻra, «Payment System Platform» kompaniyasi 2021-yilning 30-iyunida tashkil etgan bo‘lib, aksiyadorlik jamiyatining taʼsischilari «All In One» (65%), Samatov Lochinbek Azamatovich (17,5%) hamda Xan Aleksey Ruslanovichlar (17,5%) hisoblanadi. Kompaniyaning ustav fondi bo‘lsa, 5,4 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Kompaniya, shuningdek, 2021-yil 30-noyabrdan boshlab IT Park rezidenti hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» IT Park 100 dan ortiq kompaniyalarning rezident maqomini bekor qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek