Yangiliklar

«Nukus — Mangistau — Nukus» yo‘nalishida poyezd qatnovlari qo‘yildi

Qatnovlar haftaning 3 kunida amalga oshiriladi
Foto: «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati”

Joriy yilning 2-avgust kunidan boshlab Qozog‘iston Respublikasining Mangistau viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qatnovlar Nukus vokzalidan amalga oshiriladi.  
Poyezd harakati 22-avgust sanasidan haftaning payshanba, shanba, seshanba kunlari 650-sonli «Nukus — Mangistau» yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Nukus 20:16 — Mangistau 17:14

Shuningdek, 23-avgustdan boshlab haftaning juma, yakshanba, chorshanba kunlari 649-sonli «Mangistau — Nukus» yo‘nalishida qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Mangistau 18:54 — Nukus 15:22

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Xitoydan Oʻzbekistonga temir yoʻl qurish boʻyicha kelishuvni ma’qullagani haqida yozgan edik.