Oʻzbekiston bayroqdori Olimpiadani gʻalaba bilan boshladi. Dzyudochilar musobaqani erta yakunladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov Olimpiadadagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ikkinchi davradan bahslarga kirishgan oʻzbekistonlik sportchi shvetsiyalik Nabil Ibrohimni magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi.

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev uchun Olimpiya oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. Yengil vazn toifasidagi sportchilar oʻrtasidagi bellashuvlarda qatnashgan sportchilar C finalida ishtirok etib, 6:31.33 daqiqa koʻrsatishdi va 3-boʻlib marraga yetib kelishdi. Ushbu natija bilan Olimpiadani 15-pogʻonada yakunladi.

Shuningdek, oʻzbekistonlik dzyudochilar Davlat Bobonov va Gulnoza Matniyazov uchun ham «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlari erta yakunlandi.

Gulnoza Matniyazova ikkinchi bosqichda yaponiyalik Saki Nizoega imkoniyatni boy bergan boʻlsa, mahoratli dzyudochi, «Tokio – 2020» yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori Davlat Bobonov dastlabki davrada BAA terma jamoasi a’zosi Aram Grigoryanga yutqazdi.

Avvalroq «Kursiv» Sitora Turdibekova Olimpiadada kongolik raqibini mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek