Yangiliklar

Onalar va bolalar oʻlimi darajasi sezilarli kamaydi – SSV

Bolalar uchun alohida bo‘limlar tashkil etilgan
Foto: Pixabay.com

30-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov mamlakatimizda onalar va bolalar o‘limi darajasi pasayganini ta’kidladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, onalar va bolalar orasida uchraydigan kasalliklarini erta aniqlash, oldini olish ishlari natijasida onalar o‘limi darajasi 34 % ga kamaygan. Shuningdek, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi darajasida ham pasayish kuzatilgan (26 %).

Ma’lum qilinishicha, tuman yoki shahar tibbiyot birlashmalari tarkibida bolalar uchun anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari tashkil qilingan, Shu qatorda, poliklinikalar tarkibida ham alohida bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘limlar mavjud. Tibbiyot tashkilotlariga 20 ming bolalar hamshiralari, patronaj-doya lavozimi tashkillashtirildi. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda «Bolalar bo‘limlari» hamda «Qizlar salomatligi» bo‘limi bemorlar uchun xizmat qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTB homilador ayollarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun O‘zbekistonga $100 mln qarz ajratgani haqida yozgan edik.