2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (O‘zTXAB) platformasi avtoraqam.uzex.uz orqali 104,9 ming dona avtomobil raqamlari 426,2 milliard so‘mga sotildi. Ushbu ma’lumot 31-iyul kuni birja matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
2023-yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich soni va hajmi bo‘yicha uch barobarga o‘sdi.
Eng qimmat avtomobil raqami 517,1 million so‘mga sotildi. Shu bilan birga, barcha raqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston birjasi orqali avtomobil raqamlarini sotish natijalari haqida yozgan edi.