Qo‘yliq bozorining oziq-ovqat bo‘limi antisanitariya tufayli vaqtincha yopildi

eʼlon qilindi
Reyd davomida qonunbuzarliklar aniqlandi
Rsm: Yandeks

Qoʻyliq bozoridagi oziq-ovqat boʻlimining ishi sanitariya me’yorlari buzilgani sababli toʻxtatildi, deb xabar qildi Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati qoʻmitasi.

30-iyul, seshanba kuni qo‘mita xodimlari huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda reyd o‘tkazdi. Tekshiruv davomida sotuvchilarga bir necha bor ogohlantirish berilganiga qaramay sanitariya me’yorlarini qo‘pol ravishda buzish holatlari aniqlandi.

Qo‘mita bozorning sanitariya holati yaxshilanmaguncha savdoga chek qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, Sanitariya-epidemiologiya xizmati O‘zbekiston aholisini ko‘cha sotuvchilaridan muzqaymoq xarid qilmaslikka chaqirgan edi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonliklarni yo‘l chetida muzqaymoq xarid qilmaslik haqida ogohlantirilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek