Yangiliklar

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovgʻa qildi – video

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 24-iyul kuni tug‘ilgan kunini nishonladi
Foto: Stanislav Krasilnikov / ТАSS

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tugʻilgan kuni munosabati bilan ikkita zotdor ot sovgʻa qildi. Bu haqda oʻz Telegram kanalida ma’lum qildi.

«Uning bu oliyjanob hayvonlarga boʻlgan mehrini bilgan holda men ishonamanki, bu sovgʻa unga yoqadi», deb yozadi Qodirov.

Bundan tashqari, Qodirov Oʻzbekiston Respublikasi rahbarining ikki mintaqa oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasini ta’kidladi.

«Shuningdek, Shavkat Miromonovichga va barcha Oʻzbekiston aholisiga eng samimiy tilaklarimni yetkazishni soʻradim. Biz gʻururlanamiz va mintaqalarimiz oʻrtasida mustahkamlangan yaqin qardoshlik munosabatlarini yuksak qadrlaymiz. Albatta, bu borada Shavkat Miromonovich katta hurmatga loyiq», dedi Checheniston rahbari.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/07/rk-skakuny-dlya-mirzeeeva.mp4

Ma’lumot uchun, 24-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev oʻz tavallud ayyomini nishonladi. Prezident nomiga jahon yetakchilari va davlat rahbarlari tomonidan tabriklar yoʻlladi.