Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi
Foto: President.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-8 avgust kunlari Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 9 avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning Xivaga tashrifi haqida yozgan edi.