Yangiliklar

Sitora Turdibekova Olimpiya-2024 da kongolik raqibini mag‘lub etdi

Rasm: MOQ

30-iyul, seshanba kuni boks bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi Sitora Turdibekova  Kongo Demokratik Respublikasidan Marselat Sakobi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan boks uchrashuvi bokschimizning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Jang 2024-yilda Parijda bo’lib o’tayotgan Olimpiya  o’yinlari doirasida bo’lib o’tdi. G‘alaba Turdibekovaga musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo‘l olish imkonini berdi. Uning navbatdagi raqibi ikki karra jahon chempioniga aylangan xitoy taipeyilik Yu-Ting Lin bo’ladi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik dzyudochi Sharofiddin Boltaboev Parij Olimpiadasining bronza medali uchun kechgan jangda tojikistonlik raqibi Somon Mahmadbekovga yutqazib qo‘ygani haqida e’lon qilgan edi.