31-iyul kuni Parij Olimpiya o‘yinlari-2024 da boks bo‘yicha guruh bosqichida hamyurtimiz To‘rabek Habibulayev filippinlik Eymuir Marsialni ustidan g‘alaba qozondi.
Boks bo‘yicha terma jamoaning eng yosh vakili Tokiyo Olimpiya o‘yinlari sovrindori filippin bokschisini mag‘lubiyatga uchratib keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Avvalroq «Kursiv» boks bo‘yicha ayollar terma jamoasi vakili Sitora Turdibekova Olimpiya-2024 da kongolik raqibini mag‘lub etganini e’lon qilgan edi.