«Toshkent» xalqaro aeroportida QR-kodlar o‘rnatildi, ular yordamida yo‘lovchilar aeroport xodimlarining ishini baholay oladi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Bu boshqaruv kompaniyasiga yo’lovchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga va xizmat ko’rsatish, navigatsiya va noaviatsiya xizmatlari sifatini yaxshilashga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
QR kodlari «ketish va kelish zallaridagi ko’zga ko’ringan joylarda» joylashtirilgan. Tasvirni skanerdan o’tkazgandan so’ng, yo’lovchi kompaniya xizmatlarining sifati haqida so’rovnomasi bo’lgan sahifaga o’tishi mumkin. U uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz) mavjud.
Bunday kodlarni yaqin kelajakda O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga joylashtirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent aeroportida biznes-zal savdoga qo‘yilgan.