Toshkentda Hyundai va Kia kontrafakt mahsulotlarining sotuviga chek qoʻyildi

eʼlon qilindi
Fuqarolarga jarima qo‘llandi
Foto: Krasnevsky / depositphotos.com

«Farhod» bozorida Hyundai va Kia kontrafakt mahsulotlar sotuviga chek qoʻyildi. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, vazirlikka Hyundai Motor Comapany va Kia Corporation kompaniyalariga tegishli boʻlgan Hyundai va Kia tovar belgilaridan huquq egasining roziligisiz foydalanayotganligi toʻgʻrisidagi murojaat kelib tushgan.

Shunga koʻra, Toshkent shahridagi «Farhod» avtotransport vositalarining ehtiyot qismlari bozorida belgilangan tartibda oʻrganilganda ikki fuqaro tomonidan Hyundai va Kia tovar belgilari bilan bir xil boʻlgan nomidan foydalanganligi aniqlandi.

Hozirda Mazkur holat boʻyicha fuqarolarga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, 5,1 mln soʻm jarima jazolari tayinlandi.

Avvalroq «Kursiv» Sirdaryoda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek