Hamas rahbarlaridan biri Ismoil Haniya o‘ldirib ketildi
Falastin qarshilik harakati Hamasning siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya chorshanba kuni tongda Tehronda o‘ldirildi. Bu haqda Mehr news agentligi xabar berdi.
E’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Ismoil Haniya va uning qo’riqchilaridan biri Tehrondagi qarorgohi nishonga olingani oqibatida vafot etgan.
«Qahramon Falastin xalqi va islom xalqi hamda Qarshilik jabhasi jangchilari, Eronning olijanob xalqiga hamdardlik bildirgan holda, bugun ertalab (chorshanba) Hamas qarshilik harakati siyosiy idora rahbari janob doktor Ismoil Haniya qarorgohi Tehronda hujumga uchradi. Voqea oqibatida Ismoil Haniya va uning tansoqchilaridan biri dunyodan ko‘z yumdi», — deyiladi bayonotda.
Voqea yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gʻarb davlatlarining Falastin muammosiga munosabati haqida yozgan edik.