Birjada 257 mln so‘mlik yashil sertifikatlar sotildi
eʼlon qilindi
Birinchi yarim yilda
2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (O‘zRTXB) orqali auksionlarda 19 mingga yaqin yashil energiya sertifikatlari sotildi, deb xabar qildi savdo maydonchasi matbuot xizmati.
Birinchi yarim yillikda sotilgan sertifikatlarning umumiy hajmi 257,2 mln so‘mni tashkil etdi. Ularning birja kotirovkasi bir sertifikat uchun 13565,2 so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, sertifikatlar sotuvi joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida boshlangan. Har bir qog’oz muqobil energiyadan foydalangan holda 1 ming kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarishni tasdiqlaydi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zRTXB qimmatbaho metallar savdosini 2,3 barobarga oshirganini e’lon qilgan edi.