Bozorlardagi vaziyat: oltin narxi tarixiy maksimal darajaga yaqinlashmoqda
Xalqaro bozorlarda oltin narxi tarixiy maksimal $2470 ga yetdi, deya xabar beradi «Trading economics» portali.
Portal ma’lumotlariga koʻra, 1-avgust, payshanba kuni ertalabki holatga koʻra, oltin narxi kun davomida 0,19 foizga oshgan. Shu bilan birga, Comex platformasi so‘nggi soatlarda qimmatbaho metallning narxi $2500 dan oshib ketgani haqida xabar berib, tarixiy maksimalni yangiladi.
Oltin narxining oshishi Amerika Federal rezerv tizimi (FRT) tomonidan bazaviy foiz stavkasini saqlab qolish haqidagi e’lon bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorlarida Nvidia (+12,71 foizga), Tesla (+3,91 foizga), Amazon (+2,80 foizga), Meta (+2,17 foizga) va Apple (+1,29 foizga) aksiyalari o‘sib bormoqda.
31-iyul kuni «Kursiv» bozorlardagi vaziyat haqida yozgan edi.