«Click»ning yarim yillik sof foydasi 50 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Ko‘rsatkich 78,4 mlrddan 117 mlrdga ortdi
Foto: Vadim Yerzikov / «Kursiv»

«Click» AJ toʻlov tashkilotining olti oylik sof foydasi oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan 50% ga oshdi (ko‘rsatkich 78,4 mlrddan 117 mlrdga ortdi). Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, sof tushum oʻtgan vaqtdagi daromadlarga nisbatan 37% ga oʻsdi va hozirga vaqtga kelib 273 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda.

Kompaniya tomonidan taqsimlanmagan foyda ham sezilarli darajada oʻsdi va ushbu koʻrsatkich 34 mlrddan 104 mlrdga koʻtarildi. 12 oy davomida barcha aktivlar miqdori umumiy hisobda 177 mlrddan 245 mlrd soʻmga oshdi.

Birinchi yarim yil yakuniga ko‘ra, «Click» AJ da roʻyxatdan oʻtgan shaxslar soni 17 mlnni, bu esa foiz koʻrsatkichlarida +26% ni tashkil etadi. Ilovadan kunlik foydalanayotganlar soni 2 mlnga yetdi. Shu bilan kompaniyaning umumiy aylanmasi 36 trln soʻmni tashkil etmoqda, bu esa yillik oʻzgarishlarga koʻra +32,2% ni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» «Click» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgani haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek