Dollar o‘sishga qaytdi
eʼlon qilindi
Uning narxi 30,77 so‘mga ko‘tarildi
1-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 30,77 so‘mga ko‘tarildi va 12 574,88 so‘mni tashkil qildi.
Respublikadagi moliya institutlari dollarni 12 485 – 12 540 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 590 – 12 630 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni mamlakatda AQSh valyutasi 3,07 so‘mga ko‘tarildi.