Federal zaxira tizimi bazaviy stavkani 5,25 – 5,5% oralig‘ida saqlab qoldi
eʼlon qilindi
Qaror aksariyat tahlilchilar va iqtisodchilarning kutganidek bo‘lib chiqdi
AQShning Federal zaxira tizimi (Fed) bazaviy stavkani yiliga 5,25-5,5% darajasida saqlab qoldi. Bu haqda Fed m’lum qildi.
Unga ko‘ra, AQShning Federal ochiq bozor qo‘mitasi (FOMC) chorshanba kungi yig‘ilishidan keyingi bayonotda shu qarorga kelgan. Qaror aksariyat tahlilchilar va iqtisodchilarning kutganidek bo‘lib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14 % dan 13,5 % ga tushirgani haqida yozgan edik.