Temir yo‘llarning kupe tipidagi vagonlarida konditsionerlar ishlamayotgani holati yuzasidan yechim taklif qilindi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarda e’lon qildi.
Unga ko‘ra, temir yo‘l kassalarida olingan chiptalarga konditsionerli vagon to‘lov qilinsa-da, siz o‘tirgan vagonda hayo sovitish tizimi ishlamayotgan bo‘lsa, Raqobat qo‘mitasi +99871 207-47-00 (1159) / info@antimon.gov.uz) yoki «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ (+99871 299-94-50 (1005) / uzjeldorpass@mail.ru) ga murojaat qiling. Murojaatingizda konditsioneri ishlamayotgan vagon surati yoki videosini ilova qiling.
O‘rganishlardan so‘ng to‘langan pul mablag‘i kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.
Shuningdek, qo‘mita taklifiga binoan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ joriy yilning 19-iyul sanasidan kupe tipidagi vagonlarga konditsioner uchun to‘lov talab qilmasligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ba’zi shirinlik mahsulotlarining Raqobat qo‘mitasi tekshiruvidan o‘ta olmagani haqida yozgan edik.