Yangiliklar

Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi 6,8 foizga kamaydi – Bandlik vazirligi

2020-yilda bu ko‘rsatkich 10,5 foizga baholangan edi
Foto: casaalmare / Depositphotos

2024-yil boshida Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli aholi oʻrtasidagi ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etdi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra 2020-yilda respublikada bu koʻrsatkich 10,5 foizga baholangan edi. Kambagʻallik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 2024 yil 1-yanvargacha 11 foizga tushdi.

Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, 2024-yilning yanvar – iyun oylari davomida 113 ming nafar ishsiz fuqaro kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitildi.

Shuningdek, 10 ming nafar fuqaroga chet tillar oʻrgatildi va yil davomida oʻquvchilar soni besh baravar oshdi. Mamlakatdan olti oy davomida 64 ming kishi xorijga ishlashga joʻnatildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 3 barobar koʻp hisoblanadi.

Bandlik vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy yil oxirigacha 115 ming nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga va chet tillarga oʻqitilishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda talaba yoki ishlamaydigan xotin-qizlar ulushi 42 foizni tashkil etishi haqida xabar bergan edi.