Yangiliklar

Oʻzbekistonlik sportchilar 1-avgust kungi Olimpiada bahslarida qanday ishtirok etmoqda

Oʻzbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek Toʻraboyev final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Olimpiada oʻyinlarining 1-avgust kuni Oʻzbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek Toʻraboyev yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. U chorak finalda niderlandiyalik Mixail Korreldan ustun keldi. Endi u final yoʻllanmasi uchun ozarbayjonlik Zelim Kotsoyev qarshi tatamiga chiqadi.

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anna Prakaten Olimpiya oʻyinlarining B finalida ishtirok etadigan boʻldi. U yarim final bahsining 1-guruhida 4-boʻlib marraga yetib keldi. Ushbu natija bilan Prakaten B finalida qatnashadigan boʻldi.

Dzyudo boʻyicha qizlar bahslarida (-78 kg) vazn toifasida ishtirok etgan Irisxon Qurbonboyeva chorak final yoʻlida yaponiyalik Rika Takayama bilan bellashdi. Afsuski, bahs Yaponiya vakilining gʻalabasi bilan nihoyasiga yetdi.

Olimpiya oʻyinlarida debyut qilgan Sabina Boboqulova (-50 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirokini yakunladi. U tailandlik Chutxamat Raksat bilan jangda imkoniyatni boy berdi.

Avvalroq «Kursiv» 1-avgust kuni oʻzbekistonliklar qaysi sport turlarida ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.