O‘zbekistonning qaysi viloyatida eng qimmat va arzon palov sotiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Statistika agentligida aniqlandi
                    
                            
2024-yil iyul oyida palovning eng yuqori narxi Toshkent shahrida — 30,4 ming soʻm, eng past narxi esa Namangan viloyatida qayd etildi — 20 ming soʻm, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Poytaxtdan tashqari palovning yuqori narxi Buxoro va Xorazm viloyatlarida ham kuzatilmoqda – mos ravishda 29 ming va 28,3 ming so‘m.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisi ushbu taomni Sirdaryo (23,6 ming soʻm) va Fargʻona (23,8 ming soʻm) viloyatlarida arzonroq narxda isteʼmol qilishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Londonda o‘zbek oshxonasi festivali tashkil etilgani haqida yozgan edi. Unda Angliya poytaxti aholisiga palov taqdim etildi.
