2024-yil iyul oyida palovning eng yuqori narxi Toshkent shahrida — 30,4 ming soʻm, eng past narxi esa Namangan viloyatida qayd etildi — 20 ming soʻm, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Poytaxtdan tashqari palovning yuqori narxi Buxoro va Xorazm viloyatlarida ham kuzatilmoqda – mos ravishda 29 ming va 28,3 ming so‘m.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisi ushbu taomni Sirdaryo (23,6 ming soʻm) va Fargʻona (23,8 ming soʻm) viloyatlarida arzonroq narxda isteʼmol qilishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Londonda o‘zbek oshxonasi festivali tashkil etilgani haqida yozgan edi. Unda Angliya poytaxti aholisiga palov taqdim etildi.