«Parij – 2024». 1-avgust kuni oʻzbekistonliklar qaysi sport turlarida ishtirok etadi
eʼlon qilindi
Uchta sport turida 7 nafar atlet ishtirok etadi
Olimpiada o‘yinlarining 1-avgust kunidan oʻrin olgan bahslarda Oʻzbekiston delegatsiyasi akademik eshkak eshish, boks va dzyudo bahslarida ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Oʻzbekistonlik sportchilarning bugungi ishtirokini akademik eshkak eshish boʻyicha Anna Prakaten boshlab beradi.
Akademish eshkak eshish
Anna Prakaten – 12:30
Dzyudo
Muzaffarbek Toʻraboyev – 13:00
Irisxon Qurbonboyeva – 13:00
Boks
Sabina Boboqulova – 14:15
Ruslan Abdullayev – 15:50
Navbahor Hamidova – 19:50
Lazizbek Mullajonov – 00:15
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston bayroqdori Olimpiadani gʻalaba bilan boshlagani haqida xabar bergan edi.