Yangiliklar

Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlaridan noyob kadrlar

"Kursiv" Fransiya mezbonlik qilayotgan 2024-yilgi Olimpiya bellashuvlaridan olingan unutilmas suratning top o‘ntaligini to‘pladi
Foto: Jeremias Gonsales / AP

1. O‘zbekistonlik muxlislar 27-iyul kuni O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Misrga qarshi o‘yinini tomosha qilishmoqda va tribunada birga kuylashmoqda.

Foto: Kin Cheung / AP

2. Janubiy koreyalik Lim Si Xyon 25-iyul kuni kamondan o‘q otish bo‘yicha bellashuvidan.

Foto: Maja Hitij / Getty Images

3. Fransiyalik muxlislar 27-iyul kuni dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada o‘z vatandoshini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Foto: Mike Blake/Reuters

4. Aktyor Tom Kruz 28-iyul kuni ayollar gimnastikasi bo‘yicha saralash bosqichi muxlisi bilan suratga tushdi. Tomosha qilgan boshqa mashhurlar orasida Snup Dogg va Ariana Grande ham bor.

Foto: Paul Childs / Reuters

5. Slovakiyalik Yang Vang 28-iyul kuni stol tennisi bo‘yicha bellashuvidan.

Foto: Lee Jin-man / AP

6. 29-iyul kuni xitoylik g‘avvoslar Lian Junjie va Yang Xao 10 metrli platformadan suvga sinxron suzish musobaqasida ishtirok etishdi. Ushbu duet har bir raundda eng yuqori ballni qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: Cameron Spencer / Getty Images

7. Yaponiyalik skeytbordchi Yuto Xorigome 29-iyul kuni ko‘cha musobaqasida g‘olib chiqqanidan so‘ng o‘zining oltin medali bilan nishonlamoqda.

Foto: Jerome Brouillet / AFP / Getty Images

8. Braziliyalik syorfingchi Gabriel Medina 29-iyul, dushanba kuni 9,90 ballga yaqin to‘lqinni nishonlayotganda syorfing taxtasidan sakrab, barmog‘ini havoga ko‘tardi. Bu Olimpiya o‘yinlari tarixidagi eng yuqori ball to‘lqini bo‘ldi.

Foto: Gabriel Bouys / AFP / Getty Images

9. Yaponiyalik gimnastikachi Shinnosuke Oka 31-iyul kuni yakkalik turnikka tortilish bo‘yicha bellashuvidan. Musobaqada Oka oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: Ben Thouard / Pool / Getty Images

10. Fransiyalik Joan Duru 27-iyul kuni serfing bo‘yicha musobaqaning birinchi bosqichida barrelga tushdi. Syorfing musobaqalari Parijdan uzoqroqda joylashgan Taiti shahrida bo‘lib o‘tdi.