O‘zbekistonda metan va propan narxi oshgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tekshirish ishlarini olib bormoqda.
Yuqorida qayd etilgan holat bo‘yicha, jamoatchilik tomonidan noroziliklar yuzaga kelmoqda. Shuni inobatga olgan holda Raqobat qo‘mitasi, o‘z vakolatlari doirasida tovar-xomashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganish yakunlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi bildirildi.
Ma’lumot uchun, Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqib birja savdosida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarni realizatsiya holatini doimiy tahlil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda konditsioner ishlamay qolganda kupedagi chipta narxining bir qismini kompensatsiya qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.