Tegishli til sertifikatga ega boʻlmagan chet tili oʻqituvchilariga yana bir yil muddat beriladi

eʼlon qilindi
2024/2025-o‘quv yilida ham ishlashi mumkin
Foto: HayDmitriy / depositphotos.com

Maktablardagi B2 sertifikatga ega boʻlmagan chet tili oʻqituvchilariga yana bir yil muddat beriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

«Umumiy oʻrta talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishi talabi 2025/2026-oʻquv yiliga qadar» , deyiladi xabarda.

Shu sababdan, 2024/2025-oʻquv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmaydi.

Shuningdek, darajaga ega boʻlmagan, lekin hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarning tegishli sertifikatni olishlari hududiy boshqarmalar tomonidan tekshirib boriladi.

Avvalroq «Kursiv» magistratura va doktoranturadagi ba’zi yoʻnalishlarda xorijiy til sertifikati darajasi pasaytilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek