Toshkentda 20 ta yer usti piyodalar yo‘lagi qurish uchun 107,2 mlrd soʻm mablagʻ talab qilinadi
eʼlon qilindi
Ishlarni boshlash uchun 53,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi
Poytaxt ko‘chalarida 20 ta yer usti piyodalar oʻtish joylari qurilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Xalq deputatlari qarori E-qaror elektron tizimida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, bunday yer usti piyodalar o‘tish joyi qurilishiga 107,2 mlrd soʻm mablagʻ talab qilinadi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan qurilish ishlariga «start» berish uchun 53,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratib berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent uchun toza havo normalari haqida yozgan edik.